AsosiyJamiyat

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o`tkazish tartibi belgilandi

'Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o`tkazish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (662-son, 28.10.2021 y.) bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

 Nizomga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin lingvistik ekspertizadan o`tkaziladi.  

️ Lingvistik ekspertiza loyihani ishlab chiqqan tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan quyidagi talablar asosida o`tkaziladi:

  • jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta`riflarning aniqligi;
  • imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi;
  • yangi atamalar, shuningdek, soha atamalarining to`g`ri qo`llanilganligi;
  •  so`z birikmalarining o`zaro to`g`ri bog`langanligi;
  •  bayonning tizimliligi va ifodali ketma-ketligi.

 

 Maslahatchi yoxud mutaxassis 3 kun yoki shartnomada belgilangan muddatda lingvistik ekspertizadan o`tkazish natijasi bo`yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarni ko`rsatgan holda xulosa berib, loyihani ishlab chiquvchiga taqdim etadi.

Shunga ko`ra, loyiha matni qayta ishlanib, kelishish uchun vazirlik va idoralarga yuboriladi.  

 Loyihada quyidagilarning qo`llanilishiga yo`l qo`yilmaydi:

  • og`zaki nutq shakllari;
  • davlat tilida teng ma`noli so`zlar va tushunchalar mavjud bo`lgan taqdirda, chet tillari atamalari;
  • eskirgan hamda ko`p ma`noni anglatadigan so`zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
  • abbreviatura va qisqartmalar (umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar bundan mustasno).  

 

    Boshqa yangiliklar