O`zbekiston Respublikasi IIV Kapital qurilish va ta`mirlash boshqarmasi tender (tanlov savdolari) e`lon qildi. Bu haqda IIV Kapital qurilish va ta`mirlash boshqarmasi ma`lum qildi.
“Toshkent shahri Yakkasaroy tumani kichik Beshyog`och ko`chasi 111-uyda joylashgan "Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasining ma`muriy bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish" (lot raqami 15498) va “Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Toshkent shahar IIBB YHXB hududida 4-batalyon uchun ma`muriy bino qurish” (lot raqami 15499) ob`ektlari bo`yicha qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlovda ishtirok etishlarini so`raymiz.
Moliyalashtirish manbai-O`zbekiston Respublikasi IIV YHXB Maxsus jamg`armasi hisobidan.
Takliflar www.tender.mc.uz saytida 12 noyabr` kuniga qadar qabul qilinadi.
Qo`shimcha ma`lumotlar olish uchun manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli, 1-berk ko`chasi 1 uy. Tel: (71)-254-79-42






