AsosiyJamiyat

Qaysi vazirlik byudjetning katta qismini o`zlashtirgan?

'Qaysi vazirlik byudjetning  katta qismini o`zlashtirgan?'ning rasmi

Moliya vazirligining matbuot xizmati xabar berishicha joriy yilning 9 oyida respublika bo`yicha 83,7 mlrd so`mlik kamomad va o`zlashtirish, 457,7 mlrd so`mlik byudjet mablag`laridan asossiz va ortiqcha to`lovlar hamda 187,3 mlrd so`mlik maqsadsiz xarajatlarga yo`l qo`yilgani aniqlangan.

Mablag`lar va moddiy boyliklarni noqonuniy sarflash holatlari joriy yilda o`tgan yilga nisbatan 3 baravarga oshdi.

Ushbu holatlarning asosiy qismi vazirlik va qo`mita tizimlarida aniqlangan. Jumladan, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimida - 23,3 mlrd so`m; Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida - 17,2 mlrd so`m;  Xalq ta`limi vazirligi tizimida - 14,4 mlrd so`m;  Maktabgacha ta`lim vazirligi tizimida - 5,7 mlrd so`m;      Madaniyat vazirligi tizimida - 2,7 mlrd so`m;  Turizm va sport vazirligi tizimida - 1,7 mlrd so`m;  Avtomobil yo`llari qo`mitasi tizimida - 4,2 mlrd so`m; O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tizimida - 2,2 mlrd so`m;     Hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalarida - 2,5 mlrd so`m.

Qayd etilishicha, hisobot davrida aniqlangan moliyaviy xato-kamchiliklar summasining 510,8 mlrd so`mini byudjetga tiklanishi ta`minlandi.

Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag` oluvchi tashkilotlarning 15 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida bayonnomalar tuzilib, ko`rib chiqish uchun ma`muriy sudlarga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar