AsosiyJamiyat

1-5 noyabr kunlari O`zbekistonda sinov tariqasida aholini onlayn ro`yxatga olish o`tkaziladi

'1-5 noyabr kunlari O`zbekistonda sinov tariqasida aholini onlayn ro`yxatga olish o`tkaziladi'ning rasmi

 2023 yilda o`tkaziladigan aholini ro`yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkaziladi.

Davlat statistika qo`mitasi tashabbusi bilan O`zbekiston aholisini keng ko`lamli ro`yxatga olish tadbirlari oldidan joriy yilning 1-5 noyabr kunlari Internet tarmog`i orqali aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Onlayn tadbirda census.stat.uz havolasi orqali O`zbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar