AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoevga qutlovlar kelishda davom etmoqda

'Shavkat Mirziyoevga qutlovlar kelishda davom etmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga uning joriy yil 24 oktyabr kuni bo`lib o`tgan Prezident saylovida g`alaba qozongani munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog`lik, omonlik va muvaffaqiyatlar, O`zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaklari bildirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Sizni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganingiz bilan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Joriy yil mart oyida Toshkentda samarali fikr almashganimiz va mamlakatlarimiz o`rtasidagi Strategik sheriklik to`g`risidagi bayonotni imzolaganimizdan mamnunman. Turkiy Kengash doirasidagi hamkorligimiz Vengriya va O`zbekiston o`rtasidagi do`stona munosabatlarni mustahkamlashga yangi sur`at bag`ishlaydi. Ishontirib aytamanki, mening Hukumatim ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirib borishda har doimgidek qat`iydir.

Kelgusi yilda Budapeshtda rasmiy tashrif doirasida Prezident janoblari bilan shaxsan uchrashishdan umidvorman hamda ushbu tashrif munosabatlarimizni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat bo`lishiga ishonaman.

Oldingizda turgan mas`uliyatli vazifalarni ro`yobga chiqarishda Sizga omad va mustahkam sog`lik tilayman!

Viktor Orban,

Vengriya Bosh vazir

    Boshqa yangiliklar