AsosiyJamiyat

Shaxsga doir ma`lumotlarni muhofaza qilish bo`yicha talablarni buzganlik yuzasidan javobgarlik kuchaytirildi

'Shaxsga doir ma`lumotlarni muhofaza qilish bo`yicha talablarni buzganlik yuzasidan javobgarlik kuchaytirildi'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 Qonun bilan, jumladan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartirish kiritildi.  

Unga ko`ra, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internetda fuqarolarning shaxsga doir ma`lumotlariga ishlov berilayotganda O`zbekistonda joylashgan texnik vositalarda hamda shaxsga doir ma`lumotlar bazalarida shaxsga doir ma`lumotlarni yig`ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 7 baravari (1 mln 890 ming so`m), mansabdor shaxslarga esa 50 baravari (13 mln 500 ming so`m) miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

 Qonun bilan shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, ushbu qilmish ma`muriy jazo qo`llanilgandan so`ng bir yil davomida takroran sodir etilgan taqdirda quyidagi jazo choralaridan biri qo`llaniladi:

BHMning 150  baravarigacha (40 mln 500 ming so`mgacha) miqdorda jarima;  

 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;  

 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

 Ushbu o`zgartirishlar qonun kuchga kirgan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach amalga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar