AsosiyJamiyat

Bolalarning nutqi qanday shakllanadi?

'Bolalarning nutqi qanday shakllanadi?'ning rasmi

Kattalarning hali tili chiqib ulgurmagan, so`zlar ma`nosini farqlolmaydigan jajjigina bolajonlarga gapirishi chetdan qaraganda biroz erish tuyulishi mumkin. 

Lekin aslida bu to`g`ri va juda muhim jarayon.

Chunki bolaning nutqi aynan kattalarning muloqotini tinglash orqali shakllanadi. 

Dastlab dona-dona qilib aytgan so`zlarimiz mag`zini chaqa olmasa-da, yuz ifodamiz, gapirish ohangimiz va xatti-harakatlarimiz orqali o`g`il-qizlarimiz lug`ati shakllanadi.

Shuning uchun kattalar bilan bo`lgan nutqdan ko`ra ko`proq bolalar bilan bo`ladigan muloqotlarga ko`proq ahamiyat berish tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar