Qirg`iziston Respublikasi Bishkek shahrida Qur`on hofizlarining I Xalqaro Qur`oni karim musobaqasi bo`lib o`tdi. Musobaqada O`zbekiston qorilari nomidan ishtirok etgan "Imom Buxoriy" nomidagi Toshkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov 11 ta mamlakatdan tashrif buyurgan qorilar orasida faxrli uchinchi o`ringa munosib ko`rildi.
Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur xalqaro Qur`on musobaqasida quyidagilar g`olib deb topilgan:
- Birinchi o`rin:
Ibrohim Mallabaev (Qirg`iziston);
- Ikkinchi o`rin:
Usmon Zulpuxargaddiev (Dog`iston);
- Uchinchi o`rin:
Habibulloh qori Olimjonov (O`zbekiston) va Imanali Mirzageldiev (Qozog`iston).