AsosiyJamiyat

Onkologik kasallikka chalinganlarning davolanishga kelishga sarflaydigan pullari byudjetdan qoplab beriladigan bo`ldi

'Onkologik kasallikka chalinganlarning davolanishga kelishga sarflaydigan pullari byudjetdan qoplab beriladigan bo`ldi'ning rasmi

1 noyabrdan boshlab onkologik va gematologik bemorlarning respublika ixtisoslashtirilgan muassasalariga davolanishga kelishlari uchun transport xarajatlari mahalliy byudjetdan qoplab beriladi.

Bu haqda ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 27 maydagi “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko`rsatish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etilishi belgilangan edi.

Ushbu qaror ijrosini ta`minlan maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining  “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida ham bu markaz 2022 yil 1 yanvardan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilib, mustaqil markaz sifatida faoliyat ko`rsatishi ko`rsatib o`tilgan.

Shuningdek, mazkur qarorda 2021 yil 1 noyabrga qadar Investisiya va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Onkogematologik va davolash qiyin bo`lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog`lomlashtirishga ko`maklashish jamg`armasi hamda investisiya dasturlari doirasida tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlanishini aytilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021 yil 1 noyabrdan boshlab onkologik va gematologik bemorlarning hududlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yo`l va aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bog`liq xarajatlar tegishli mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.

Ma`lumot uchun, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazlarining Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo`limlari Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining tashkiliy-metodik hududiy bo`linmalari hisoblanadi.  

Markaz faoliyatiga O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini yuritish bilan bog`liq amaldagi tartiblar tatbiq etiladi. 

    Boshqa yangiliklar