AsosiyJamiyat

Noyabr oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi? "O`zgidromet" ma`lum qildi

'Noyabr oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi? "O`zgidromet" ma`lum qildi'ning rasmi

"O`zgidromet" 1-4 noyabrda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma`lumotini berdi.

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston, xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 4 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba`zi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat 1 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 4 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.  Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 1 va 4 noyabrda 2-7° iliq, 2-3 noyabrda 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar