Olmaotadagi nufuzli Nazarboev intellektual maktabining (NIM) o`g`il bolalari ma`muriyatning kiyim-kechakka bo`lgan munosabatiga norozilik bildirish uchun yubkalarda darslarga keldi. Bu haqda Informburo.kz nashri xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 27 oktyabr kuni ushbu maktabning 8-sinf o`quvchisi o`z joniga qasd qilgan. Bunga sabab, bola Garri Potter kitoblariga bag`ishlangan maktab baliga yubkada kelgan. Unga kirishga ruxsat berilmagan va maktab psixologiga yuborilgan.
Bola psixolog bilan suhbatdan so`ng derazadan sakrab o`z joniga qasd qilgan.
Ammo maktabning matbuot xizmati vakili Janar Adambaeva bu hech qanday ziyofat emas, balki ularda doimiy ravishda o`tkazilib turiladigan tadbir ekanligini, o`sha kuni o`quvchi hech qanday yubkada bo`lmaganini ta`kidlaydi.
Biroq, o`quvchilar buning aksini aytadi. Ular marhum o`quvchi haqiqatan ham maktabga yubkada kelganini va aynan shu sababli kattalar hujumiga uchraganini bildiradi.
"Maktabda kuzgi bal uyushtirildi, mavzu Garri Potter edi. O`sha bola yubka kiyib olgan. Buni ko`rib, sinf rahbarining jahli chiqib, unga ta`na qilgan, psixologga olib borib, etagini echishga, kiyimini almashtirishga majbur qilgan. Sinfdoshlari bunga bildirmoqchi bo`lganlarida, sinf rahbari qoidani buzganlik uchun intizomiy dalolatnoma yozib qo`yishini aytib qo`rqitgan",-deydi maktab bitiruvchisi va o`smirning do`sti Darig`a Djanabaeva Informburo.kz nashriga,