AsosiyJamiyat

Namanganda ayanchli YTH: Boshqaruvni yo`qotgan "Cobalt" haydovchisi ikki kishining umriga zomin bo`ldi

'Namanganda ayanchli YTH: Boshqaruvni yo`qotgan "Cobalt" haydovchisi ikki kishining umriga zomin bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Namanganda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Viloyat IIB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

Qayd etilishicha, soat chamasi 16:30 larda, To`raqo`rg`on tumani Langarbobo MFY hududida, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan fuqaro "Cobalt" rusumli avtomashinasini ishonch qog`ozsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasiga to`qnashgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashina salonida bo`lgan yo`lovchilar, To`raqo`rg`on tumanida yashagan, 1987 yilda tug`ilgan ayol va birga yashagan o`g`li olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Haydovchisi, bosh miya yopiq shikasti, qovurg`a suyaklarini yopiq sinishi hamda yo`lovchilari, To`raqo`rg`on tumanda yashovchi, 1976 yilda tug`ilgan ayol o`ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi va qo`shnilari, 1992 yilda tug`ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 1992 yilda ayol bosh miya og`ir darajada lat eyishi, o`ng oyoq boldir suyagini chiqishi, qorin bo`shlig`i yopiq shikasti, 2019 yilda tug`ilgan qiz peshona sohasi va ko`krak qafasi lat eyishi, 1991 yilda tug`ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 1957 yilda tug`ilgan ayol o`ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi, 1951 yilda tug`ilgan ayol bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha hozirda To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar