AsosiyJamiyat

DXX katta miqdordagi valyutaning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo`ydi

'DXX katta miqdordagi valyutaning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo`ydi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan va Farg`ona viloyatlari bo`yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda Farg`ona tumanining Qirg`iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududi bo`ylab harakatlanayotgan, 1980 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashina to`xtatilib, ko`zdan kechirilganida avtomashina salonida 373 ming 717 AQSh dollari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi, deya "Darakchi"ga ma`lum qilmoqda DXX.

Aniqlanishicha, qonunbuzar 100 AQSh dollari evaziga ushbu xorijiy valyutalarni aylanma yo`llar orqali Qirg`iziston Respublikasiga o`tkazib berishi kerak bo`lgan.

Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari doirasida uning jinoiy aloqasi hisoblangan - Oltiariq tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro ham hibsga olingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar