Davlat statistika qo`mitasi hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o`rtacha narxlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.
Shuningdek, 2021 yil oktyabr oyi holatiga 1 porsiya oshning o`rtacha narxi:
- Qoraqalpog`iston R. – 15 700 so`m;
- Andijon viloyati – 17 600 so`m;
- Buxoro viloyati – 21 300 so`m;
- Jizzax viloyati –19 000 so`m;
- Qashqadaryo viloyati – 20 300 so`m;
- Navoiy viloyati – 15 300 so`m;
- Namangan viloyati – 14 700 so`m;
- Samarqand viloyati – 20 000 so`m;
- Surxondaryo viloyati – 19 600 so`m;
- Sirdaryo viloyati – 18 700 so`m;
- Toshkent viloyati – 19 500 so`m;
- Farg`ona viloyati – 17 000 so`m;
- Xorazm viloyati – 19 400 so`m;
- Toshkent shahri – 24 300 so`mni tashkil qilgan.






