AsosiyJamiyat

O`zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi — "O`zgidromet"

'O`zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi — "O`zgidromet"'ning rasmi

Bugun respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va nisbatan iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kunning o`rtasiga kelib, havo 15-17° gacha isiydi. Shuningdek, qulay ob-havo mamlakatimiz aholisini hafta o`rtasigacha quvontiradi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati. 

Xabarga ko`ra, payshanba kuni O`zbekiston bo`yicha ob-havo keskin o`zgaradi. Mamlakatimizga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antisiklon kirib keladi. 4 noyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Tog`li hududlarda yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Respublika shimolida yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni 4 noyabrda havo harorati 3-8° iliqqacha pasayadi, bu oy boshi uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 12-15° ga past bo`ladi.

Front kirib kelishida, ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

5 noyabrda sovuq antisiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog`ingarchilik faqat ayrim tog`li hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3-5° sovuqgacha, shimolda 7-10° sovuqgacha pasayadi, kunduz kuni harorat 3-8° iliqdan oshmaydi.

    Boshqa yangiliklar