"Xalqchil yondashuv" loyihasining bu galgi mehmoni jizzaxlik tadbirkor Abror Narziev bo`ldi.
« – Onam o`qituvchi, o`ttiz yil bitta maktabda dars bergan. O`n uch yoshimda dadam olamdan o`tdi. Sharoit juda og`ir edi. Qandolat sexida parvarda qilishni o`rgandim. O`shandan beri mehnatning ichidaman. Eng katta xazinam — qo`limdagi hunarim.
Botqoq, o`ydim-chuqur erda baliqchilik klasterini tashkil etdim. Bu joylarni kelib ko`rganlar qo`rqib qochib ketishgan, ularning ko`pchiligi «bo`lmaydi», degan, ishonishmagan. Lekin men qat`iy ishonganman. Zero, yurtimizning har qarich eri tilloga teng.
O`tgan yili bir gektar erdagi ko`ldan 70 tonna baliq oldim. Har qanday ishga ilm bilan yondashilsa, katta natijalarga erishish mumkin. Masalan, yarim sotix joyda biz taklif etayotgan usulda 6 oyda 1 tonnayu 200 kg baliq etishtirish mumkin. Bu 35 million so`m pul degani.
Oxirgi besh yillikda tadbirkor o`zining kimligini his qila boshladi...», – deydi tadbirkor.






