Prezidentning Matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma`lum qilishicha, bugun Prezident Shavkat Mirziyoev 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yig`ilish o`tkazadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish, daraxtlarni ekish, parvarishlash va ko`kalamzorlashtirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi ham o`tkaziladi.






