AsosiyDunyo

Mehnat migrantlari uchun Koreya Respublikasiga kirib kelish bo`yicha o`rnatilgan cheklovlarni olib tashlash rejalashtirilmoqda

'Mehnat migrantlari uchun Koreya Respublikasiga kirib kelish bo`yicha o`rnatilgan cheklovlarni olib tashlash rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vaziri An Kyung-dukka tayanib xabar bermoqda. 

Bugun vazir Koreyada karantin choralari yumshatilishi va “Kovid-19 bilan” dasturining mehnat migrasiyasi jarayonlariga ijobiy ta`sir etishi haqida ma`lum qildi.

Vazirning so`zlariga ko`ra, kechi bilan noyabr oyining oxirida xorijdan kirib kelayotgan mehnat migrantlarining soni kengaytiriladi.  

Shuningdek, mehnat migrantlarining Koreya Respublikasiga kirib kelishi bo`yicha o`rnatilgan haftalik va oylik cheklovlar ham olib tashlanishi rejalashtirilgan.  

Bunda, fuqarolar o`z yurtlarida emalangan va manfiy PSR test natijasiga ega bo`lishlari shart.

Vazirlik axborotiga ko`ra, pandemiya ta`siri oqibatida mamlakatga kirib kelayotgan mehnat migrantlarining yillik soni 50 mingdan 7 mingga tushib ketgan.  

O`z o`rnida, kichik va o`rta biznes korxonalari, fermer xo`jaliklari ishchi kuchi etishmasligidan zarar ko`rmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar