AsosiyJamiyat

Samarqandda poezddan temir shar o`g`irlaganlar qo`lga tushdi

'Samarqandda poezddan temir shar o`g`irlaganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

2021-yil sentyabr oyida “Maroqand-Navoiy” yo`nalishidagi yuk poezdi “Nurbuloq” temir yo`l bekatida to`xtagan vaqtida, usti ochiq vagonga ortilgan temir sharlar noma`lum shaxslar tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilib ketilgan. Bu haqda viloyati IIB xabar berdi.

Tezkor tadbirlar natijasida o`g`rilikni Nurobod tumanida yashovchi P.A., A.T. hamda T.O. lar sodir etganligi aniqlanib, A.T. ning yashash uyi ko`zdan kechirilganda, u erda 1410 dona temir sharlar borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan P.A., A.T. hamda T.O. larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Ma`lumot uchun: O`g`irlangan mazkur 1410 dona temir shar mahsulotlarining og`irligi 1692 kg., qiymati 17.693.401 so`mni etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar