Boks bo`yicha o`tkazilayotgan jahon chempionatida -75 kg vazn toifasidagi janglarni bezab berayotgan hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov yana bir chiroyli g`alabani qo`lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo`mitasi ma`lum qildi.
Yurtdoshimiz uchinchi jangini ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadega qarshi o`tkazdi. Qiziqarli kechgan bahsda Jafarov kuchli va aniq zarbalari bilan raqibni mag`lub etib, chorak final sari dadil qadam tashladi.






