Yaponiya “Bolalarni asrab-avaylash” loyihasi doirasida Tojikistonga bolalarni qizamiq, qizilcha, gepatit B dan himoya qilish uchun taxminan 2,8 million dollar ajratadi, — deya xabar berdi RIA Novosti-ga tayanib O`zA.
Loyiha doirasida 3 yil ichida Tojikistonning 67 tumani va shahridagi 1 millionga yaqin bola zarur preparatlar bilan ta`minlanadi.
“Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar bolalarni turli yuqumli kasalliklardan himoya qilishga qaratiladi. Ikki mamlakat hukumatlari bir xil fikrda ekanidan mamnunman. Hech kim qarovsiz qolmasligi kerak”, — deydi Yaponiyaning Dushanbedagi elchisi Takayuki Miyashita.
Ma`lumot o`rnida, Yaponiya ko`magida YuNISEF orqali 5 yil ichida umumiy qiymati 5,35 million dollarlik dori-darmon, vaksina va uskunalar Tojikistonga etkazilib berilgan.