AsosiyDunyo

Yamanda masjid va diniy maktabga raketa hujum qilishi oqibatida 29 nafar odam halok bo`ldi

'Yamanda masjid va diniy maktabga raketa hujum qilishi oqibatida 29 nafar odam halok bo`ldi'ning rasmi

Yamanda 2 ta ballistik raketa hujumi oqibatida 29 nafar tinch aholi halok bo`ldi. Ularning orasida ayollar va bolalar ham bor.

 So`nggi oylarda Yamanda hukumat kuchlari va xusiylar o`rtasida to`qnashuvlar avj olmoqda.

 Bmtning ma`lumotiga ko`ra, sentyabr oyida sodir bo`lgan to`qnashuvlar tufayli 10 mingga yaqin odam Maribni tark etgan. 

Xusiylar oktyabr oyida energiyaga boy Shabva va Marib viloyatlarida yangi hududlarni egallab oldi. Bu esa hukumat va xusiylar o`rtasidagi to`qnashuvlarga sabab bo`lmoqda.

 Ma`lumot uchun, hozirda Yamanda 16 million kishi ocharchilikdan aziyat chekmoqda.

    Boshqa yangiliklar