AsosiyDunyo

Avstraliya bosh vaziri nima uchun Fransiya suvosti kemalarini sotib olmaganiga izoh berdi

'Avstraliya bosh vaziri nima uchun Fransiya suvosti kemalarini sotib olmaganiga izoh berdi'ning rasmi

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison nima uchun Fransiya bilan suvosti kemalari shartnomasi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda “TASS”ga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, shartnoma “jiddiy muammolar”ni yuzaga keltirgan. Uning bekor qilinishiga asosiy sabablardan biri loyihaning amalga oshirilishidagi ko`plab to`xtalishlar va o`sib borgan xarajatlar bo`lgan.

“Ushbu shartnoma asosida ishlab chiqarilgan suvosti kemasi faqat 2038 yilga borib dengizga tushgan bo`lardi. Ya`ni u suvga tushishi bilan eskirgan bo`lar edi”, – degan Morrison.

Bosh vazirning qo`shimcha qilishicha, Avstraliya har doim atom suvosti kemalariga ega bo`lishni xohlagan. U, shuningdek, boshqa davlatlardan shu turdagi texnikani sotib olishni sentyabrda emas, balki 18 oy oldin o`ylaganini ta`kidlaydi.

Ma`lumot uchun, 2021 yil sentyabrda Avstraliya Fransiya bilan 66 milliard dollarlik suvosti kemalarini etkazib berish bo`yicha shartnomani bekor qildi. Bunga AQShning Kanberraga atom suvosti kemalarini etkazib berishga kelishib olgani sabab bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar