1

O`zbekiston va belarus ijodkorlari bilan “Yulduzlar kechikadi” filmi suratga olindi

Madaniyat 02.11.2021, 11:51
O`zbekiston va belarus ijodkorlari bilan “Yulduzlar kechikadi” filmi suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Yulduzlar kechikadi” (“Stars will be late”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Uning postanovkachi rejissyori Dmitriy Semyonov, operatori esa Pavel Skakun.  

Agentlikning qayd etishicha, mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida belaruslik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.

“Yulduzlar kechikadi” filmida bosh qahramon astronom yigit sevgan qizi bilan O`zbekistonga keladi. Rasadxonaga borib, yulduzlarni o`rganadi, turli sarguzashtlarga duch kelishadi. Filmda O`zbekistonning so`lim tabiati, milliy urf odatlari va an`analari aks etadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1