AsosiySiyosat

Yangi uy-joy narxlarini 30 foizga arzonlashtirish, subsidiyalar, ijtimoiy to`lovlar tizimini qanday tashkillashtirish tushuntirildi

'Yangi uy-joy narxlarini 30 foizga arzonlashtirish, subsidiyalar, ijtimoiy to`lovlar tizimini qanday tashkillashtirish tushuntirildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokidagi videoselektor yig`ilishida “Yangi O`zbekiston massivlari”ni barpo etish tizimi asosida uy-joy narxlarini ushlab turish, ehtiyojmand oilalar va yolg`iz ayollar uchun subsidiyalar va davlat kafolatlari tizimini qanday tashkil etish masalalari tushuntirildi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Kelgusi yilda “Yangi O`zbekiston massivlari” uchun 15 trillion so`m ajratilib, bunda:

- ko`p qavatli uy-joy qurilishini investorlar o`z mablag`lari hisobidan amalga oshiradi;

- davlat er ajratish va aholiga ipoteka kreditini berish majburiyatini oladi;

- ipoteka kreditini berish uchun banklarga byudjetdan auksion asosida resurs ajratiladi. Bunga Moliya vazirligi tomonidan 20 yil muddatga 11 trillion so`m yo`naltiriladi;

- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish va Moliya vazirliklari ehtiyojmand aholiga subsidiya beriladigan uy narxini belgilaydi;

- 2022 yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlang`ich badal va foizlarni subsidiyalash uchun byudjetdan 1,5 trillion so`m ajratiladi.

Yangi uy-joy massivlari narxini bu yilgi darajada ushlab qolish zarur. Aytish joizki, bugungi kunda uylarning bir kvadrat metri uchun narx 4,5 million so`mni tashkil etmoqda. Shu bois, uylar narxini barqaror saqlab turish maqsadida, yangi uy-joy massivlarini ichki va tashqi infratuzilma bilan ta`minlashga byudjetdan har yili 1 trillion so`m ajratiladi”, - dedi davlat rahbari.

Shuningdek:

  • kelgusi yili yangi massivlarda qurilayotgan uylarning 1 mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolg`iz ayollar uchun davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi. Buning uchun 220 milliard so`m mablag` qurilish tashkilotlariga oldindan o`tkazib beriladi;
  • sement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytiriladi. Shu bilan birga, bugun sement ishlab chiqaruvchilarga foyda solig`ini 20 foizdan 15 foizgacha, er qa`ridan foydalanganlik solig`ini esa 2 baravarga (1 tonnasi uchun 22,5 ming so`mgacha) kamaytirish bo`yicha ham Qonun imzonlandi (bu esa 1 tonna sementning ishlab chiqarish tannarxini 7 foizga qiskartirish (354ming so`mdan 328ming so`mgacha) imkonini beradi);

Bular ham uylarning narxini sezilarli tushirishga olib keladi.

Viloyat xokimlari berilayotgan imkoniyatlar hisobiga ajratilayotgan byudjet mablag`larini kamida 30 foizini iqtisod qilish va berilayotgan imkoniyatlar hisobiga uy-joy narxlarini 30 foizgacha arzonlashtirishga mas`ul bo`ladi”, - dedi prezident.

    Boshqa yangiliklar