AsosiyDunyo

Afg`onistonda terrorchilar tomonidan kasalxonaga hujum uyushtirildi

'Afg`onistonda terrorchilar tomonidan kasalxonaga hujum uyushtirildi'ning rasmi

Kobulda terrorchilar kasalxonaga hujum uyushtirdi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib O`zA ma`lum qildi. Unga ko`ra, Kobulda kasalxonaga hujum qilgan terrorchilarning barchasi yo`q qilingan.

"Qurolli to`qnashuvda jinoyatchilarning biri kirish eshigi qarshisida portlab ketgan, yana uchtasi Islom Amirligi jangchilari tomonidan yo`q qilingan", – deyiladi xabarda.

Ayni damda kasalxonada vaziyat barqarorlashgani aytilmoqda.

Afg`onistonning Bakhtar agentligi xabar qilishicha, Kobuldagi kasalxonaga hujum “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan uyushtirilgan.

Guvohlarning aytishicha, seshanba kuni bir guruh terrorchilar kasalxona binosiga kirib portlash sodir etgan. Shundan keyin toliblar bilan terrorchilar o`rtasida qurolli to`qnashuv boshlangan. Toliblar vakili Bilol Karimiyning RIA Novostiga ma`lum qilishicha, Kobuldagi kasalxonada seshanba kuni ikkita portlash sodir etilgan.

Afg`oniston ichki ishlar vazirligi vakili Qori Said Xostiyning ma`lum qilishicha, voqea joyiga zudlik bilan maxsus topshiriqlar xizmati askarlari etib kelgan.

    Boshqa yangiliklar