Zohidxo`ja Tursunov budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuchi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda pensiya jamg`armasi matbuot xizmati xabar berdi.
Zohidxo`ja Orifovich Tursunov 1987-yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 2009-yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.
O`z mehnat faoliyatini 2009-yilda Bo`ka tumani fermer xo`jaligi hisobchisi sifatida boshlagan. Turli yillarda Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasida “Daromadlarni bashorat va tahlil qilish” bo`limi bosh iqtisodchisi, “Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy sohani moliyalashtirish bo`limi” boshlig`i, “Ta`lim muassasalarini moliyaviy ta`minlash bo`limi” boshlig`i, moliya bosh boshqarma boshlig`i o`rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Tayinlovga qadar Toshkent viloyati moliya bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritgan.