1

Yoshlarni endi onlayn muhitdan himoyalash mumkin bo`ladi

Jamiyat 21.04.2016, 09:44
Teglar: Ijtimoiy tarmoqlar, Internet, Yoshlar
Yoshlarni endi onlayn muhitdan himoyalash mumkin bo`ladi

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta`minlash markazi tomonidan o`zbek va rus tillarida “Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo`yicha qo`llanma” ishlab chiqildi.

Mazkur qo`llanma Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2016 yil 7 apreldagi qo`shma qarori asosida tasdiqlandi. Qo`llanmaning tasdiqlanishi, shuningdek, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi va Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy kengashi bilan kelishildi.

“Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo`yicha qo`llanma” voyaga etmaganlar va ularning ota-onalariga mo`ljallangan bo`lib, unda bolalarni Internet tarmog`idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me`yorlariga rioya qilishlari bo`yicha tavsiyalar mavjud. Jumladan, qo`llanmada voyaga etmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo`lingan holda, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan.

Qo`llanma respublika bo`ylab tarqatilganidan so`ng, yosh foydalanuvchilar Internet tarmog`idagi salbiy kontentlardan himoyalanish usullarini o`rganishlari, ota-onalar esa farzandlarining Internet tarmog`idan to`g`ri va samarali foydalanishlarini ta`minlay olish imkoniyatiga ega bo`lishlari kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2015 yilning dekabr oyida respublikadagi 7 ta vazirlik va idoralar – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi va Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy kengashi o`rtasida “O`zbekiston Respublikasida Internet-madaniyatni rivojlantirish bo`yicha 2016-2018 yillarga mo`ljallangan qo`shma chora-tadbirlar rejasi” kelishilgan bo`lib, ushbu chora-tadbirlar rejasi asosida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Sharhlar

O`zbekistonda ba`zi ijtimoiy tarmoqlar vaqtincha cheklandi. Ular orasida Twitter, TikTok va “VKontakte” ham bo`lishi mumkin

02.07.2021, 17:11

“O`zkomnazorat” Axborot xizmati xabariga ko`ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O`zbekiston hududida cheklandi.Xabarda aytilishicha, “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O`zbekiston fuqarolarining shaxsga doir...
O`zbekiston “Bolalar va yoshlar uchun do`stona shahar” global tashabbusiga qo`shildi

30.06.2021, 19:15

“Yuksalish” umummilliy harakati BMTning Bolalar jamg`armasi – YuNISEF bilan hamkorlikda “Bolalar va yoshlar uchun do`stona shahar” global tashabbusini amalga oshiradi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati...
Freedom House internet erkinligi reytingini e`lon qildi. O`zbekiston nechinchi o`rinda?

17.10.2020, 15:59

Freedom House internet erkinligiga oid an`anaviy yillik hisobotini e`lon qildi. Unda O`zbekiston 100 balldan 27 ball to`plab, 65 davlat ichidan 57-o`rinda qayd etilgan.Tadqiqotchilar internetdagi erkinlikka...
​SAMARQANDDA TAShKIL ETILGAN «ELEKTRON POLIKLINIKA»DA Wi-Fi IShGA TUShDI

25.09.2017, 15:49

Samarqand shahridagi 12-son oilaviy poliklinikada aholini onlayn tarzda elektron ro`yxatga olish tizimi ishga tushirildi. «Elektron poliklinika» dasturi bemorlarni yagona elektron ro`yxatga olish va internet tarmog`i...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1