1

O`zbekistonning ikki hududida o`qishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Jinoyat 03.11.2021, 11:55
O`zbekistonning ikki hududida  o`qishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi umumiy o`rta ta`lim maktab direktori M.B. fuqaro M.M. bilan oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni tanishlari yordamida Qozog`iston Respublikasi, Chimkent davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga ularning har biridan 1 200 AQSh dollaridan jami 2 400 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Bektemir tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, O`zbekiston milliy universiteti magistratura bosqichi talabasi O.R. fuqaro O.ga go`yoki o`zini dekanat xodimi sifatida tanishtirib, tanishlari orqali uning Qozog`iston Respublikasi oliygohidagi o`qishini ko`chirib, universitetning 2-kursiga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqartirib berish hamda fanlardan baho olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1