Meta kompaniyasining xabariga ko`ra, Facebook suratlar va videokontentdagi yuzni tanib olish funksiyasidan voz kechadi.
Ta`kidlanishicha, uni qo`llash qo`shimcha muhokamani va aniq tartibga solishni talab qiladi. O`zgartirishlar kiritilganidan so`ng, avval ijtimoiy tarmoqda yuzni tanish funksiyasiga ruxsat bergan foydalanuvchilar endi identifikasiya qilinmaydi.
Facebook hisob-kitoblariga ko`ra, ushbu xizmatdan akkauntlarning uchdan bir qismi foydalanadi va uni o`chirib qo`yish milliarddan ortiq "yuzni tanib olishning maxsus shablonlari"ni olib tashlaydi.
Har qanday yangi texnologiya ham foyda, ham tashvish keltiradi va biz to`g`ri muvozanatni topmoqchimiz. Yuzni tanib olish holatida masalani eng ko`p zarar ko`rganlar tomonidan uzoqroq va ochiqroq muhokama qilish kerak. Biz fuqarolik jamiyati va nazorat qiluvchi organlar bilan buni muhokama qilishda davom etamiz",- deydi kompaniya mutaxassislari.
Meta kompaniyasi mutasaddilarining ta`kidlashicha, ushbu e`lon qilingan o`zgarishlar kompaniyaning ommaviy identifikasiyalash usullaridan voz kechganini anglatadi.






