Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdo`g`on haqida Twitterda yolg`on ma`lumotlarni tarqatgan 30 kishiga nisbatan jinoiy ish ochildi, deb xabar tarqatmoqda ommaviy axborot vositalari mamlakat xavfsizlik bo`yicha bosh boshqarma bayonotiga tayanib.
"Virtual tekshiruv natijasida aniqlandiki, Twitterda #death xeshtegi tarqatilgan. Xeshteg ostida prezidentimiz sha`nini haqoratlaydigan turli yolg`on ma`lumotlar va kontentlar qo`ygan 30 kishining shaxsi aniqlandi. Ularga qarshi jinoiy ish ochildi, tekshiruv olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabarda ta`kidlanishicha, tergov natijalari sud organlariga jo`natiladi.






