Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 248 mln 153 ming 789taga etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti xabar qildi.
Pandemiya boshlangandan buyon koronavirusdan 5 mln 23 mingdan ortiq inson vafot etgan.
Hozirgi vaqtda AQSh, Braziliya, Hindiston, Meksika, Rossiya Federasiyasi, Peru, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kolumbiya virusdan vafot etganlar soni yuqori bo`lgan davlatlar o`ntaligiga kirmoqda.
Shuningdek, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 7 milliardga yaqin doza vaksina qo`llanilgan.






