AsosiyDunyo

Nigeriyada terrorchilar tufayli halok bo`lgan o`qituvchilar soni ma`lum qilindi

'Nigeriyada terrorchilar tufayli halok bo`lgan o`qituvchilar soni  ma`lum qilindi'ning rasmi

Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Adamava, Borno va Yobe shtatlarida terrorchilar tufayli ko`plab o`qituvchilar halok bo`lgan. Bu haqda Leadership nashri xabar berdi. 

Mamlakatning rivojlantirish kommissiyasi direktori Muhammmad Alkaliy xabar berishicha, oxirgi 11 yil ichida mazkur shtatlarda 2300ga yaqin o`qituvchi o`ldirilgan. Bundan tashqari, 19 mingdan ortiq o`qituvchilar yashash joylarini tark etgan. 2014 yildan buyon 1500ta maktab butkul yo`q qilingan.

Avvalroq mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoroiy ham 12 milliondan ortiq o`quvchi bolalar terrorchilar tufayli maktablarga borishdan bosh tortayotganligini ma`lum qilgan edi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar