AsosiyJinoyat

Sirdaryoda fuqaro xonadonidan giyohvand moddalar topildi

'Sirdaryoda fuqaro xonadonidan giyohvand moddalar topildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati IIB xabar berishicha, Boyovut tumanida giyohvand modda saqlab kelayotgan fuqaro aniqlangan. 

Qayd etilishicha, tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumot asosida, Boyovut tumani Bekat mahallasi hududida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Boyovut tumani, Bekat mahallasida yashovchi, Z.Bning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, yashash uyi mehmonxonasida joylashgan sandiq ustida turgan ko`rpalar orasidan 3 shisha idishga solingan sof og`irligi 2.86 gr “Marixuana” giyohvandlik vositasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan Boyovut tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Z.Bga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar