AsosiySport

“Bosh vazir kubogi”: bugun musobaqa bilan 16 ta jamoa xayrlashdi

'“Bosh vazir kubogi”: bugun musobaqa bilan 16 ta jamoa xayrlashdi'ning rasmi

Mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida o`tkazilayotgan “Bosh vazir kubogi” musobasining 1/16 final bahslari o`tkazildi.

Tobora kuchli jamoalar saralanib borayotgan musobaqaning har bir o`yini o`zgacha shiddat bilan o`tmoqda. Bugungi o`yin natijalari bilan tanishing:

Turizm va sport vazirligi – Ta`lim markazi 3:1;

O`zbekipaksanoat – MTRK 0:8;

Transport vazirligi – Investisiya va tashqi savdo vazirlig 1:3;

Oliy sud – Energetika vazirligi 6:0;

Davlat bojxona qo`mitasi – AOKA 4:0;

Markaziy bank – Davlat xizmatlari agentligi 3:0 (texnik g`alaba);

Milliy olimpiya qo`mitasi – Agro markaz 0:8;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi 4:1;

Davlat test markazi – O`zLiDeP 4:1;

Din ishlari qo`mitasi – Innovasiya vazirligi 0:1;

Qishloq xo`jaligi vazirligi – Agroinspeksiya 1:3;

Moliya vazirligi – O`zgidromet markazi 7:0;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi 1:3;

O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2:2 (5:3);

Tashqi ishlar vazirligi – Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo`mitasi 2:0;

Yoshlar ishlari agentligi – Davlat soliq qo`mitasi 0:2;

Ertaga musobaqaning nimchorak final o`yinlari boshlanadi. Ushbu bosqichning dastlabki bahsi Turizm va sport vazirligi va MTRK jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi.

Ma`lumot uchun, futbol bo`yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq uch yildan buyon o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar