Rossiyada oxirgi sutkada 41 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingani ma`lum qilindi. Bu haqda pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko`rsatkich hisoblanadi.
Mamlakat bo`yicha koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 8 million 755 ming nafardan oshdi.
Eng ko`p holatlar Moskva (6880 holat), Sankt-Peterburg (3138 holat), Moskva oblastida (3085 holat) va Samarada (1621) aniqlandi.
Ma`lum bo`lishicha, oxirgi sutka davomida koronavirus oqibatida 1188 kishi vafot etdi.