1

Mashina savdosi ortidagi nayrang

Jinoyat 22.04.2016, 15:08
Teglar: Avto
Mashina savdosi ortidagi nayrang

Ota-bobolarimiz bekorga aytishmagan ekan, “Holva degan bilan og`iz chuchimaydi” deb. “Ogoh” gazetasining 9-sonida chop etilgan odamlarni aldab, osongina boyishni maqsad qilgan va oxir-oqibat tuzoqqa tushgan firibgarlar haqidagi jinoyat tafsiloti ayni shu izohga mos keladi...

Bahodir Salimov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) binoyidek bozorda mayda-chuyda sotib, tirikchilik qilib yurardi. Shuning ortidan oilasini, bola-chaqasini boqib yurgan edi. Bir kuni qayin ukasi Haydar Yahyoev kelib, pochchasiga maslahat soldi:

— Ijaraga mashina olib haydasak, kechasi birovimiz, kunduzi birovimiz yurar edik. Bir amallab ijara haqini berib borsak, bir-ikki yilda mashina o`zimizniki bo`lib qolarmidi.

Pochchasi ham unga qayishib, hozircha narxlar bilan qiziqib ko`rishini, ma`qul kelsa o`ylab ko`rishini aytadi.

KELIShUV

Oradan ikki hafta o`tar-o`tmas, ya`ni o`tgan 2015 yilning 12 aprel kuni Haydar pochchasiga qo`ng`iroq qildi:

— Sergeli tumaniga, mashina bozoriga keling, ijaraga beriladigan «Matiz» topdim, egasi bilan gaplashaylik.

Mashina bozorida Bahodir Ismatilla ismli yigit bilan tanishadi. Ismatilla mashina opasiniki ekanligini, agar yoqsa, narxini kelishishsa, tezda chaqirishini, opasi ham etib kelishini aytadi. Ismatilla boshida avval 1000 AQSh dollari miqdoridagi pulni berib, mashinani olib ketishini, ular ishonchnoma qilib berishlarini aytadi. Mashinaning qolgan pullarini ikki yarim  yil mobaynida 400 AQSh dollaridan bo`lib-bo`lib berib, mashina uchun jami 12 250 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishga kelishishadi. Bahodir va Haydar bozorning o`zidayoq mashinaning egasi Dilnoza Zuhurova bilan ham tanishib oladi. Ular yuqoridagi kelishuvga asosan, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Mustang» yoqilg`i quyish shoxobchasi yonidagi notariusga kelishadi. Notariusda Bahodir 1000 AQSh dollarini Dilnozaga beradi va ishonchnomani rasmiylashtirishga kirishishadi. Ishonchnomaning narxi 650 ming so`m ekanligini bilishgach esa, Bahodir hozir yonida 650 ming so`m puli yo`qligini aytib, rasmiylashtirishni boshqa kunga qoldirishga kelishishadi.

BIRINChI TO`QNAShUV

Mashinani yangi egasi Haydar haydab ketadi. Ammo mashina haydashga ishonchnoma yo`qligi bois uni uyiga olib borib qo`yishadi. Oradan uch-to`rt kun o`tib, Dilnozaga qo`ng`iroq qilishib, uni topa olmagan Bahodir uning ukasi Ismatillaga qo`ng`iroq qiladi. Ismatilla mashina onasining nomida ekanligini aytib, onasining telefon raqamini ularga beradi. Dilnozaning onasi qizi Qozog`istonga ketgani, biror haftalardan keyin kelgach, ishonchnomani rasmiylashtirishlari mumkinligini aytadi. 

Bunga noiloj ko`ngan pochcha va qayin uka yana bir hafta kutishadi. Bir hafta o`tkazib qo`ng`iroq qilishganda esa Dilnoza onasi pasportini almashtirish uchun topshirib qo`yganini, endi kutib turishlarini aytadi. Ana shu sabab ishonchnomani rasmiylashtirish ortga suriladi. Bunga ham rozi bo`lgan ija-rachilar mashinani biror marta ham haydamasdan turib, 14 may kuni ijaraga olingan mashinaning birinchi oyi uchun ijara pulini ham to`lashga majbur bo`lishadi.

“MAShINAMNI QAYTARING”

Birinchi oyning o`zidayoq, pul to`lashning oson bo`lmasligiga ko`zi etgan Haydar uydagilari bilan maslahatlashib, Rossiyaning Ekaterinburg viloyatiga ishlab kelish uchun ketadi. U erda ishlab, uyga pul yuborib turadi. Onasi Salima aya esa har oyda Dilnozaga 400 AQSh dollaridan pul berib turaveradi. Shunday qilib, may oyidan oktyabr oyigacha Ekaterinburga ishlab yurgan Haydarning sog`ligi yomonlasha boshlaydi. Kasalligi sabab Haydar oktyabr oyida uyga qaytishga majbur bo`ladi. Ana shu sabablar bilan sarf-xarajatlar ko`payib ketib, navbatdagi oy uchun mashinaning ijara puli uchun Dilnozaga 400 AQSh dollari o`rniga 300 berishadi. Bu holat yuzasidan berilgan har qanday izohlardan jazavaga tushgan Dilnoza esa endi ishonchnoma qilib bermasligini, mashinani qaytarishlarini talab qilib janjal ko`taradi. Aftidan Dilnozaning maqsadi mashinani kaytarib olish va olgan pullarini ham qaytarib bermaslik edi. Shunday kunlarning birida Bahodir hech bo`lmaganda 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini qaytarib bersa, mashinani berishini aytib, Dilnozaga qo`ng`iroq qiladi. Negadir Dilnoza bunga darrov rozi bo`ladi. Buni kutmaganidan shoshib qolgan Bahodir pulni o`zi ishlaydigan bozorcha yoniga olib kelishini aytadi.

EMAGAN SOMSAGA TO`LOV

Dilfuza esa IIB xodimlariga qo`ng`iroq qilib, Bahodir va Haydar degan fuqarolar o`zining mashinasini olib qo`yishganlarini va qaytarib berish uchun 1000 AQSh dollari miqdorida pora talab qilishayotgani haqida yolg`on xabar beradi. Pulni olayotgan vaqtda esa Bahodirni huquq posbonlari qo`lga olishadi. Shunday qilib, o`z pullariga ham mashina ololmasdan shuncha qiynalishgani etmaganidek, endi qip-qizil firibgarga aylanib qolgan ikki jabrdiydaning mushkullari oson bo`lib, haqiqat qaror topdi va bir guruh mashina olib-sotarlarining faoliyatiga chek qo`yildi.

Sharhlar

FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

12.05.2020, 20:18

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga...
​QULAGAN DARAXTLAR VA UChGAN TOMLAR: ShIDDATLI ShAMOLNING OQIBATLARI (FOTO, VIDEO)

18.10.2017, 12:10

Kuni kecha soat chamasi 22:00 larda O`zbekiston hududiga kirib kelgan antisiklon orqasidan shiddatli shamol, yomg`ir va sezilarli sovuq harorat olib kirdi. Kuchli shamol poytaxtlik avtomobilchilarga...
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

30.09.2017, 09:32

GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat...
​ TOShKENTDA MOTOSIKLNING KAMAZGA BORIB URILIShI OQIBATIDA YoSh YIGIT HALOK BO`LDI(FOTO)

28.08.2017, 11:35

Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida oqibati o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Facebook`ning "Voditeli tashkenta" guruhida ma`lum qilinishicha, "Botkino" yaqinidagi yo`lda KamAz yuk mashinasi va motosikl...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1