Joriy yilning 29-oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumani IIBga Mustaqillikning 25 yilligi mahallasida yashovchi fuqaro Q.Shdan murojaatnoma kelib tushgan.
Ma`lum qilinishicha, 29-oktyabr kuni soat taxminan 01:00.larda fuqaro Q,Sh yashash xonadonida joylashgan qo`yxonasidan jami bozor narxi 18 000 000 so`mlik 13 bosh qo`y va 3 bosh echkilarini o`g`irlab ketganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Xovos tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu o`g`irlik jinoyatni K.V, J.Sh va E,T lar sodir etganligi aniqlanib, 13 bosh qo`y va 3 bosh echkilar Xovos shaharchasi, Chamanzor mahallasida joylashgan K.V ni qurilishi tugallanmagan uyida daliliy ashyo sifatida olinib, jazo muqarrarligi ta`minlandi.
Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.