Mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida o`tkazilayotgan “Bosh vazir kubogi” musobasining chorak finalida to`p suruvchi jamoalar nomi to`liq ma`lum bo`ldi.
Nimchorak final doirasida jami 16 ta jamoa qur` ro`baru qilgan raqiblari bilan o`yinlarini o`tkazishdi. Nimchorak final natijalari:
Turizm va sport vazirligi – MTRK – 3:0 (texnik mag`lubiyat);
Investisiya va tashqi savdo vazirligi – Oliy sud – 0:3;
Davlat bojxona qo`mitasi – Markaziy bank – 6:0;
Agro markaz – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – 8:0;
Davlat test markazi – Innovasiya vazirligi – 0:3;
Agroinspeksiya – Moliya vazirligi – 0:3 (texnik mag`lubiyat);
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi – O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi – 4:0;
Tashqi ishlar vazirligi – Davlat soliq qo`mitasi – 0:4;
Bugun, 9-noyabr kuni musobaqaning chorak finali doirasida quyidagi juftliklar o`zaro hisob kitob qilishadi:
Turizm va sport vazirligi – Oliy sud.
Davlat bojxona qo`mitasi – Agro markaz.
Innovasiya vazirligi – Moliya vazirligi.
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi – Davlat soliq qo`mitasi.
Eslatib o`tamiz, futbol bo`yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq uch yildan buyon o`tkazilmoqda.