AsosiyDunyo

Istanbulda turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi

'Istanbulda turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi'ning rasmi

11 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etdi.

O`zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Vengriya va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari TTDHKning bo`lajak sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari va tadbir kun tartibini muhokama qildilar, Davlat rahbarlari kengashiga kiritilagan hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqdilar va kelishib oldilar.

TTDHKni yanada rivojlantirish, turkiy tilli davlatlarning savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar, fan-ta`lim va boshqa sohalardagi ko`p tomonlama hamkorligini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar