AsosiyJinoyat

Farg`onada tilla o`g`risi qo`lga olindi

'Farg`onada tilla o`g`risi qo`lga olindi'ning rasmi

27 oktyabr kuni Farg`ona tumani, Farovon turmush ko`chasida yashovchi T.Q ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat 11:00 dan 13:30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs uning yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan 5.000 AQSh dollarlik tilla taqinchoqlari, 300 AQSh dollari va 500.000 so`m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o`tamiz, yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar