Toshkentda jismoniy tarbiya o`qituvchisi va uning do`stlari 8 sinf o`quvchisi bilan jinsiy aloqa qildi. Ushbu holat yuzasidan kecha, 11 noyabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchilar A. X., B. G. va M. M. ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.
E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra A. X. Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
B. G. va M. M. Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qonunchilik talablariga muvofiq ushbu hukmdan norozi taraflar hukm e`lon qilingan kundan e`tiboran yigirma sutka ichida, sudlanganlar va jabrlanuvchining qonuniy vakili esa hukm nusxasini olgan kundan e`tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi apellyasiya sudlov hay`atiga shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkinligi ma`lum qilinadi.






