AsosiySiyosat

Mirziyoev «aqlli shahar»larni barpo etish bo`yicha tajriba almashishni taklif qildi

'Mirziyoev «aqlli shahar»larni barpo etish bo`yicha tajriba almashishni taklif qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raqamlashtirish, ekologiya, madaniyat va yoshlar masalalari borasida ham muhim tashabbuslarni ilgari surdi:

- «aqlli shahar»larni barpo etish bo`yicha tajriba almashish  va innovasiyalarni transfer qilish maqsadida ekspertlar va IT-mutaxassislar uchun doimiy platforma yaratish;

- Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda Turkiy mamlakatlarning atrof-muhit muhofazasi bo`yicha  tuzilmasini tuzish;

- «Turkiy dunyo turizmi» va «Tabarruk ziyorat» sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, hunarmandchilik ko`rgazmalari va etnosport musobaqalarini o`tkazish, madaniy meros ob`ektlarini saqlash, restavrasiya qilish va boshqa yo`nalishlarni qamrab olgan «Yo`l xaritasi»ni birgalikda ishlab chiqish;

- Turkiy tilli davlatlarning tarixiy, ilmiy va madaniy merosini o`rganish tadqiqot markazini tashkil etish;

- 2022 yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash yili” deb e`lon qilish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar