«Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida»gi Qonuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy sharhini nazarda tutadi.
Konstitusiya va qonunlari normalariga rasmiy sharh Konstitusiyaviy sud tomonidan beriladi.
Biroq, amaldagi qonunchilikda qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi nazarda tutilmagan, bu esa o`z navbatida mazkur amaliyotni to`liq rivojlantirishga imkon bermaydi.
Adliya vazirligi tomonidan qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu loyiha lingvistik, tizimli, mantiqiy va tarixiy usullarni qo`llash orqali rasmiy sharh tushunchasi va turlarini, shuningdek vakolatli organlarning harakatlari tartibini, arizani ko`rib chiqish muddatlarini, tegishli hujjatning loyihasini rasmiy sharh berish va ishlab chiqish zarurligi to`g`risida qaror qabul qilishni belgilaydi.
Quyidagi havola orqali loyihaning muhokamasida ishtirok eting:
regulation.gov.uz/oz/d/52330