1

Quvasoy shahrida 50 tonna sementni noqonuniy qo`lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 13.11.2021, 14:58
Teglar: Farg`ona IIB, sement
Quvasoy shahrida 50 tonna sementni noqonuniy qo`lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

2021-yilning 30-oktyabr kuni Quvasoy shahar, Istiqlol ko`chasida yashovchi S.O ismli fuqaro IIBga murojaat qilgan.

Ma`lum qilinishicha,  2021-yilning yanvar oyida noma`lum shaxslar uning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan 50 tonna sement maxsulotlarini 42.000.000 so`mga sotib olishga kelishib, pulini bir xafta muddatda berishini aytishib, sement maxsulotlarini olib ketishib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritganliklarini hamda sement maxsulotlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborganliklarini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda viloyat IIB ma`lumot berdi

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni S.M va T.Ular sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Sharhlar

Farg`onada qariyb 120 million so`mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

27.12.2021, 22:25

Farg`ona viloyati IIB YPX xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi. Ma`lum bo`lishicha, tadbir davomida, “Farg`ona-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A....
Farg`onada qariyb 300 million so`mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

25.12.2021, 22:14

Farg`ona viloyati  bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Oltiariq tumani yashovchi fuqaro A.F.ning...
Farg`onada sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

25.12.2021, 18:35

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda Farg`ona shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.A. o`ziga...
Quvada fuqarolarni aldagan firibgar ushlandi

27.11.2021, 13:53

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. Guliston davlat universitetiga superkontrakt asosida o`qishga kirgan G.ning kontrakt to`lovi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1