AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan vaksinalar 30 million dozadan oshdi

'O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan vaksinalar 30 million dozadan oshdi'ning rasmi

15 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 276 356 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda SSV xabar berdi. 

 Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 146 301 nafarni,  

2-bosqich emlanganlar 78 966 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 51 089 nafarni tashkil qildi.

 ️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 30 011 822  doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 15 700 898 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 9 441 164 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 4 869 760 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

Samarqand viloyati (38 039 doza),

Toshkent viloyati (34 903 doza),

Farg`ona viloyati (32 890 doza) band qildi.

️Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 73,2 foizni tashkil qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar