1

1.6 milliard so`mlik tilla va zargarlik buyumlari yashirin tarzda pochta jo`natmasi orqali yuborilgan

Jinoyat 17.11.2021, 18:26
1.6 milliard so`mlik tilla va zargarlik buyumlari yashirin tarzda pochta jo`natmasi orqali yuborilgan

Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xorijdan poytaxtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga yuborilgan 3 dona pochta jo`natmasida aslida hujjatlarga muvofiq jami 74 dona oddiy  bijuteriya va qo`l soatlari bo`lishi lozim edi.

Ammo, jo`natmalar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, undagi taqinchoqlar qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan ishlangan zargarlik buyumlari ekanligi aniqlandi.

3 ta pochta jo`natmasida jahonga mashhur nufuzli brendning tilladan ishlangan 664,7 gr. og`irlikdagi 58 dona zargarlik buyumlari, shuningdek 26 dona qo`l soatlari borligi ma`lum bo`ldi. Mazkur taqinchoq va soatlarning aksariyati esa qimmatbaho olmos toshlari bilan bezalgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, ushbu zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 593 million so`mdan oshmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1