1

Shavkat Mirziyoev YuNESKO Bosh direktori Odri Azulega maktub yo`lladi

Jamiyat 17.11.2021, 23:29
Teglar: Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev YuNESKO Bosh direktori Odri Azulega maktub yo`lladi

Davlatimiz rahbari Odri Azulega uning YuNESKO Bosh direktori lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklari va eng ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

"Nomzodingiz keng qo`llab-quvvatlangani tinchlikni ta`minlash va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi faol sa`y-harakatlaringiz va Tashkilotingiz qo`shayotgan katta hissaning navbatdagi tasdig`i bo`ldi.

Sizning ushbu lavozimdagi muvaffaqiyatli va natijador faoliyatingiz, Siz tomondan ilgari surilayotgan muhim tashabbuslar va gumanitar loyihalar pandemiya davrida YuNESKOning muvofiqlashtiruvchi sifatidagi o`rni mustahkamlanishi va xalqaro nufuzi yuksalishiga xizmat qildi", deyiladi, jumladan, maktubda.

Mamlakatimiz etakchisi O`zbekiston va YuNESKO o`rtasidagi yaqin va ko`p qirrali munosabatlarni kengaytirishga YuNESKO Bosh direktori tomonidan alohida e`tibor qaratilayotganini yuksak qadrlashini ta`kidladi.

"Ochiq va sermahsul uchrashuvlarimiz sherikligimizning salohiyatini ro`yobga chiqarish va keng qamrovli mamlakat dasturini amalga oshirishga kirishishga imkon bergani haqidagi fikringizga to`liq qo`shilaman.

Sizning ko`magingiz bilan "Xiva jarayoni" - Tashkilot faoliyatining butun kun tartibi bo`yicha Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikning yangi platformasi ishga tushirildi. Ushbu tashabbus mintaqamizda YuNESKO bilan amaliy hamkorlikning kengayishi va muhim vazifalarning ilgari surilishiga xizmat qilishi shubhasiz", deyiladi maktubda.

Maktub yakunida davlatimiz rahbari uning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yo`llangan tabrik va iliq tilaklar uchun Odri Azulega minnatdorlik bildirib, unga mustahkam sog`lik va olijanob faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1