1

Namanganda tuman DSI boshlig`i 15 ming AQSh dollari olayotganda qo`lga tushdi

Jinoyat 18.11.2021, 11:04
Namanganda tuman DSI boshlig`i 15 ming AQSh dollari olayotganda qo`lga tushdi

Namangan viloyatidagi tumanlardan birining davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i o`zining haydovchisi nomida bo`lgan sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo`jalikning 1 gektar er maydonini boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qiladi. Bu haqda DXX "Darakchi.uz" ga xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo`yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, u so`ralgan pulni xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1