1

Odamni sindirish bunday usul bilan uyushtirilmaydi — Rasul Kusherbaev

Jamiyat 19.11.2021, 08:42
Odamni sindirish bunday usul bilan uyushtirilmaydi  — Rasul Kusherbaev

Avvalroq Toshkent viloyati deputati bo`lgan ayolning behayo tasvirlari aks etgan videosi bo`yicha turli muhokamalar bo`layotgani haqida yozgandik

Holat deputat Rasul Kusherbaevni ham befarq qoldirmadi. U nima bo`lishidan qat`iy nazar odamni sindirish bunday usul bilan uyushtirilmasligi kerakligini ta`kidladi.

"O`rta Chirchiq tumani Kengashi deputati bilan sodir bo`layotgan voqealar afsuski bizda hali ham odamlarni obro`sizlantirish yo`lida har qanday pastkash va noqonuniy usuldan foydalanish mumkinligini ko`rsatmoqda"-deydi deputat.

"Yomoni shuki, bu qonun bilan himoyalangan shaxsiy hayot daxlsizligi tushunchasini amalda "0" qilishga urinish bo`layotganini anglatadi. Va afsuski bu Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida yangi O`zbekistonda "Inson qadri uchun" degan shiorga mos olib borilayotgan islohotlarga nisbatan tamomila zid harakatdir. 

Kim va nima bo`lishidan qat`iy nazar odamni sindirish bunday usul bilan uyushtirilmaydi",-deydi Kusherbaev.

Shu o`rinda,  u jamiyat va yaqinlari oldida deputat qanchalik ma`nan javob berayotgan bo`lsa, shaxsiy hayot daxsizligini buzgan shaxslar ham qonun oldida shunchalik javob berishlari shartligini qayd etdi.

So`ngso`z o`rnida "Pastkash erkaklari bor huquqni ximoya qiluvchilar ishlayotgan jamiyatning borligi uyatli. Erkaklarni uyatga qo`ymang "farishta erkaklar"-deydi deputat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1